Dunyodagi eng boy mamlakat qaysi?

Dunyodagi   eng     baxtli   mamlakatlar

Butunjahon baxt   indeksini    aniqlashda    mezon   qilib Kolumbiya     universiteti   olimlari  o’tkazgan    so’rov   natijalari   asos qilib   olingan.    Tadqiqotdagi   asosiy     savol   isonlarga   baxtli  bo’lish   uchun    yetarli  bo’ladigan   farovonlik   darajasini    qanday   baholashlaridan   iborat.   Agentlik     sotsiologlari        uch  yil mobaynida       har   bir    mamlakatdagi   uch  ming    inson   o’rtasida   so’rov   o’tkazib,     to’plangan   natijalarga    ega   bo’ladilar.

Ana    shu   reytingda 6.003   ball   bilan   44-o’rinni   egallagan   O’zbekiston   sobiq   Ittifoq      respublikalari   orasida   eng  baxtli    davlat   deb   topildi.

O’zbekiston   baxtli    mamlakatlar  reytingida   yuqori    o’rinlarni    egallagani  bejiz   emas.   Mamlakatimiz ning   iqtisodiy-ijtimoiy   taraqqiyoti,   xalqimiz   turmush    darajasiva  hayot    sifati  mazkur     mezonlarga     to’la  mos keladi.

Qaysi   mamlakat   eng   xavfsiz?

Belgiya  “Aon  Belqiyum ”   tahlil  markazi    dunyoda   terrorchilik   xavfi   kam bo’lgan     21  mamlakatni va   terrorchilik   xavfi   yuqori  bo’lgan  13  mamlakatni   aniqadi.  Tahlilchilarning  ma’lumotiga   qaraganda  terrorchilik   harakati   ehtimoli   Yevropaning   barcha  mamlakatlarida  saqlanib   qolgan.  Avstriya,  Belgiya   Kanada,   Daniya,   Estoniya,  Fransiya    Germaniya,   Irlandiya  va  Norvegiya KABI    rivojlangan    to’qqiz      mamlakatda    terrorchilik   xavfi   oshdi. Avstraliya  va      Shimoliy    Amerikada   ham, Markaziy  va    shimoliy    Afrika   davlatlarida      ham   terrorchilik    xavfi  juda   kuchaygan.  Afrikaning   Saxel   hududu    terrorchilk    tahlikasi   bo’yicha   eng    birinchi      o’rinda.

Ana shu   tahlilnomada      O’zbekiston  terrorchilik    xavfi   eng   kam   deb  tan olingan  mamlakatlar    qatoridan   joy   oldi. Bunga   terrorchilar   makoni   bo’lgan    Afg’oniston  O’zbekiston  bilan   chegaradosh     bo’lgani   va Afg’onistonga  yaqin    hududlarni   qo’riqlash   kuchaytirilgani    sabab   qilib  ko’rsatilgan.

O’zimizning   reytinglar

O’zbekistondagi      sotsiologlar  ham     qo’l    qovushtirib    o’tirishgani   yo’q.   Bir  qancha   ijtimoiy  institutlar  yurtimizda  ham  turli   tahliliy      kuzatishlarni    amalga   oshirishmoqda, xalqimiz  orasida ham  turli   so’rovlarni  o’tkazishmoqda. Ana shunday  surishtiruvlardan   so’ng   bir qancha   ko’ngilni xush   qiluvchi   natijalar   e’lon    qilindi.

Xususan,  Mustaqillik  yillarida   xalqimizning o’rtacha  yoshi   1990 yildagi  67  yoshdan 73,5 yoshga,ayollar   o’rtasida 75,8   yoshga  yetdi.  Bugungi   kunda  yurtimizda   225 ming  nafar  80yoshdan   44 ming nafar  90yoshdan,  8ming  700 nafar 100 yoshdan oshgan   tabbaruk  keksalar     umrguzaronlik  qilmoqda.

“Ijtimoiy  fikr ”jamoatchilik fikrini o’rganish markazi  tomonidan    o’tkazilgan   so’rov  natijalariga  ko’ra, o’tgan yili 98  foiz  aholi  o’zi  va  oilasining moddiy   holati    yaxshilanganini bildirgan. Turmush  darajasi  va sifati, xalq farovonligi  yuksalayotganini ta’kidlab,  kelajakka  katta ishonch  bilan  qarashini  aytgan.

Vatan ulg’ayar

Qadrdon   yo’laklar        Vatandir  menga,

Un   sepgan    elaklar    Vatandir   menga,

Asli   guvalaklar     Vatandir    menga,

Yillar     o’taverar   umr    sarg’ayar,

Vatan   yashnayverar,Vatan     ulg’ayar.

 

Yangragan   har    tilak     aytadi    takror,

Yonib   turgan   yurak    aytadi    takror,

Ko’pni      ko’rgan     falak     aytadi     takror,

Yillar  o’taverar  umr   sarg’ayar,

Vatan      yashnayverar   Vatan  ulg’ayar.

 

Men   uchun   tillolar     yolg’on     makrli,

Gohida    aldamchi    gohida      sirli,

Singlimning        kalishi    undan      qadrli,

Yillar  o’taverar     umr    sarg’ayar,

Vatan    yashnayverar,Vatan      ulg’ayar.

 

Jon    yurtum   qujoq   tut      shoir       bolangga,

Sensiz    tuyg’ularim    olar      alanga,

Jonimni almashay    yaydoq      dalangga,

Yillar o’taverar    umr   sarg’ayar,

Vatan  yashnayverar,   Vatan    ulg’ayar.

 

ENG, ENG, ENG…

Eng ko’p olmos qazib oladigan mamlakat — Avstraliya

Eng ko’p oltin qazib oladigan mamlakat — JAR

Eng ko’p neft qazib oladigan mamlakat – Saudiya Arabistoni

Eng ko’p gaz qazib oladigan mamlakat — Rossiya

Eng ko’p ko’mir qazib oladigan mamlakat — Xitoy

Eng ko’p qalay qazib oladigan mamlakat — AQSH

Eng ko’p rux qazib oladigan mamlakat — AQSH

Eng ko’p qo’rg’oshin qazib oladigan mamlakat — Rossiya

Eng ko’p kaliy tuzi qazib oladigan mamlakat — Kanada

Eng katta selitra koni – Chilida joylashgan

Eng ko’p elektroenergiya ishlabchiqaradigan mamlakat — AQSH

Eng ko’p avtomobil ishlab chiqaradigan mamlakat — Yaponiya

Eng ko’p dengiz kemalari ishlab chiqaradigsn mamlakat – Koreya

Eng ko’p samolyot ishlab chiqaradigan mamlakat — AQSH

Eng ko’p po’lat erituvchi mamlakat — Xitoy

Eng ko’p ip – gazlama ishlab chiqariladigan mamlakat — Xitoy

Eng ko’p atir ishlab chiqaradigan mamlakat – Fransiya

Eng ko’p g’alla yetishtiruvchi mamlakat — Xitoy

Eng ko’p kungaboqar yetishtiruvchi mamlakat — Rossiya

Eng ko’p shakarqamish yetishtiruvchi mamlakat — Braziliya

Eng ko’p qandlavlagi yetishtiradigan mamlakat — Ukraina

Eng ko’p yeryong’oq yetishtiruvchi mamlakat — Hindiston

Eng ko’p uzum yetishtiradigan mamlakat – Italiya

O’zbekiston    jahon   banki   reytingida   2 pog’ona     yuqoriladi

Jahon  banki   tomonidan   harid imkohiyatlari    mutanosibligi  (XIM)  hisobga   olingan  yalpi   ichki  mahsulot   miqdori    bo’yicha      dunyo    mamlakatlari     reytingin     e’lon    qilindi.   Unda    O’zbekiston   171,416 milliard   dollarlik    64-o’rinni  egalladi.dya xabar berdi  UZDaily…

2013  yilda    mamlakatimiz   ushbu      reytingda        156,256  milliard    dollarlik      YIM (XIM)  bilan    66-o’rinni    egallagan     edi.   Real YIM miqdori bo’yicha     O’zbekiston   62,644  milliard  dollarlik    ko’rsatkich   bilan   73- o’rinni   egallagan.2013 yilda   O’zbekiston   ushbu        reytingda 75-o’rinda  bo’lgan.

Jahon   banki    ma’lumotlariga   ko’ra ,  2014 yil      Ozbekistonda   aholi   jon      boshiga YIM  2090    dollarni  tashkil   etgan(2013   yilda   1878 dollar)    va   bu orada   159-o’rinni  egallagan.  Aholi    jon  boshiga   YIM (XIM)  bo’yicha   esa  5840   dollarlik   ko’rsatkich  bilan    146-o’rinni     egallagan.

“Go’zal va betakrorimsan, muqaddas vatanim, jonim senga fido, O’zbekistonim!”

O’zbekiston tumani

XTMFMTTE bo’limiga qarashli

 65-umumiy o’rta ta’lim maktab internati

geografiya fani o’qituvchisi

Yuldasheva Ra’noxonning “Go’zal va betakrorimsan, muqaddas vatanim, jonim senga fido, O’zbekistonim!” mavzusida yozgan bir soatlik

Dars ishlanmasi

 

Mavzu: “Go’zal va betakrorimsan, muqaddas vatanim, jonim senga fido, O’zbekistonim!”

 

 

 I.Darsning  maqsadi:

  1. a) ta’limiy:-O’quvchilarni mustaqillkkacha    bo’lgan,    mustaqillikka  erishish  va   mustaqillikdan    so’ng    jamiyat    hayotida         bo’lgan     o’zgarishlar     bilan      tanishtirish;
  2. b) tarbiyaviy: -o’quvchilarni mustaqillik,   ozodlik,     tinchlik     hamda”Go’zal  va    betakrorimsan,  ona   Vatanim,   jonim  fido   senga, O’zbekistonim”!   shiori      ruhida     tarbiyalash;
  3. s) rivojlantirivchi:- o’quvchilarda vatanparvarlik, xalqsevarlik,  mardlik      vatan  yo’lida   xizmat  qilish   tuyg’ylarini     shakllantirish;

 

II.Darsning metodi: savol-javob ,tushuntirish                                                    III.Darsning jihozlari: gazeta va jurnallar.

IV.Darsning fanlararo aloqadorligi: O’zbekiston va  Jahon  tarixi, Milliy istiqlol g’oyasi.

 

Darsning borishi:

 

1.Tashkiliy qism

2.Yangi mavzuning bayoni

3.Darsni guruhlar bahsi bilan mustahkamlash

 

Tashkiliy qismida  sinf davomati, tozaligi, ob – havoning holatlari to’g’risida navbatchi o’quvchining axboroti  tinglandi.

 

 

Yangi  mavzu:  Go’zal va betakrorimsan, muqaddas vatanim , jonim senga fido O’zbekistonim!

— 1991 yil 31 avgust kuni Prezident Islom Karimov tomonidan O‘zbekistonni mustaqil davlat deb e’lon qilinishi tom ma’nodagi tarixiy voqea bo‘lgan edi.

Mustaqillik tufayli O‘zbekiston dunyo sahniga chiqdi. Jahon xaritasida O‘zbekiston nomli davlat paydo bo‘ldi. Qariyb 130 yil davomida kimlargadir qaram bo‘lgan o‘zbek xalqi, qarorda aytilganidek, azal-azaldan mustaqillikni orzu qilib, unga erishish uchun kurashib keldi. O‘sha mustabid zamonda mustaqillik orzusi bilan yashashning o‘zi qahramonlik edi. 1937-38-yillardagi qatag‘ondan ko‘zlangan asosiy maqsad esa mustaqillikni orzu qilganlarni yo‘q qilish edi.

O‘zbek xalqining yuz minglab asl farzandlari qatag‘on qurboni bo‘lgan. Ulardan 14 mingga yaqini otib o‘ldirilgan. Qolganlari esa uzoq muddatlarga ozodlikdan mahrum etilgan, surgun yoki badarg‘a qilingan.

Sobiq ittifoq konstitutsiyasida respublikalarning har biri «suveren huquqqa ega davlat», deb belgilab qo‘yilgan bo‘lsada, amalda ularga bu huquq umuman berilmagan. Har bir respublika o‘z konstitutsiyasi, alohida qonunlariga ega bo‘lsada, «respublika qonunlari umumittifoq qonunlariga to‘g‘ri kelmagan hollarda umumittifoq qonunlari yoki qonun osti normativ hujjatlari amal qiladi», deyilgan edi.

Sho‘ro tuzumi o‘rnatilgan dastlabki kundan boshlab, bu zo‘ravon jamiyat soxtakorlik va aldovlar asosida barcha xalqlarni bitta xalq manfaatiga majburiy bo‘ysundirgan. Ittifoq tarkibidagi barcha respublikalar markaz tomonidan boshqarilgan.

Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati kommunistik partiya tomonidan nazorat qilingan. Qonun bir chetda qolib, amaldorlar buyrug‘i bajarilgan. Bu esa o‘z navbatida, aholi o‘rtasida huquqni muhofaza qilish organlariga nisbatan butunlay ishonchsizlikni keltirib chiqargan.

Sho‘ro tuzumi dunyo andozalarini, xalqaro normalarni tan olmay, davlat va jamiyat taraqqiyotiga yo‘l bermaydigan normalarni qonunlashtirib qo‘ygan edi. Jumladan, jamiyat taraqqiyotining negizini tashkil etuvchi ijtimoiy munosabatlarga jinoyat sifatida qaralganligiga hozirgi yoshlar ishonmasa kerak.

Barcha ishlab chiqarish, savdo-sotiq, tadbirkorlik munosabatlarining egasi davlat hisoblangan, jismoniy shaxslarning bunday faoliyat bilan shug‘ullanishi qonunan taqiqlangan va jinoyat deb baholangan. Erkin savdo munosabatlariga «spekulyatsiya», xususiy ishlab chiqarishga «xususiy kosibkorlik» sifatida qaralib, bunday faoliyat bilan shug‘ullanganlarga nisbatan jinoiy javobgarlik belgilangan. Shuningdek, xususiy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish ham taqiqlangan va bunday kishilar jazoga tortilgan.

Mustaqillik tufayli bunday munosabatlarga chek qo‘yilib, erkin savdo, xususiy ishlab chiqarish, kichik biznes va tadbirkorlikka keng yo‘l ochildi. Xususiy mulk egasi huquqlari davlat tomonidan himoya qilinishi qonun yo‘li bilan mustahkamlab qo‘yildi.

Mustaqillik, eng avvalo, huquq demakdir. Shunday ekan, har birimiz bu so‘zlarni o‘zimizga shior qilib olishimiz, o‘z huquq va burchlarimizni anglab yetishimiz lozim.

Istiqloldan so‘ng mamlakatimizda boshqa sohalar singari ta’lim-tarbiya ishlariga ham davlatimiz rahbari tomonidan alohida e’tibor qaratilayotganini barchamiz chin yurakdan his etib turibmiz. «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi va boshqa bir qancha me’yoriy-huquqiy hujjatlarning hayotga tatbiq etilishi natijasida mamlakatimizda ta’lim-tarbiya ishlari butunlay isloh qilindi.

Bugungi kunda Butunjahon banki tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatimiz aholisining savodxonlik darajasi 99,34 foizdan oshgan. Bu dunyoda yuqori ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.

Bir eslab ko‘raylik. Eski tuzum davrida maktab binolari yaroqsiz bir holga kelib qolgandi. Qishda sovuq, yozda issiq. Eng achinarlisi, oliy ma’lumotli o‘qituvchi tanqis edi. Shuning uchun matematika o‘qituvchisi kezi kelganda o‘ziga umuman aloqasi bo‘lmagan boshqa fandan ham dars o‘tib ketaverar edi. Bugun esa har bir fanning o‘z mutaxassisi bor. Birgina maktab tizimida birorta ham o‘rta ma’lumotli o‘qituvchining dars berishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Mustaqillik yillarida farzandlarimiz uchun jahon miqyosidagi olimpiadalarda qatnashish, o‘z bilimlarini namoyon etish imkoniyati yaratildi. Uzoqqa borib o‘tirmaylik, yaqinda Tailandda matematika fanidan o‘tkazilgan 56-Xalqaro olimpiadada Buxoro davlat universiteti qoshidagi 3-akademik litsey o‘quvchisi Jamshid Yaxshiyev va Abbos Muhammedov bronza medaliga sazovor bo‘lishdi. 2013 yilda ximiya fanidan o‘tkazilgan xalqaro Mendeleyev olimpiadasida ishtirok etgan o‘zbekistonlik yoshlar ikkita oltin, beshta kumush, sakkizta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Axir bu bilan faxrlanmay bo‘ladimi?!

1991 yilda xalqaro musiqa tanlovlarida atigi uch nafar o‘zbekistonlik o‘quvchi qatnashgan bo‘lsa, 2014 yilda ular soni 122 taga yetdi.

Bolgariyaning Vlagoyevgrad shahrida matematika fanidan o‘tkazilgan, 50 dan ortiq davlatdan 330 nafar iqtidorli talaba ishtirok etgan 22-Xalqaro olimpiadada O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi Hakimboy Egamberdiyev o‘ziga berilgan masalani shu vaqtgacha fanda qo‘llanilmagan yangicha usulda yechib, hakamlarni hayratda qoldirdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi!

O‘tgan zamonda bunday bo‘lishi tushimizga ham kirmagan. Mustaqillik bergan imkoniyatlar, Prezidentimiz tomonidan yoshlarga ko‘rsatilayotgan mehr-e’tibor tufayli ana shunday tarixiy yutuqlarga erishyapmiz.

— Har qanday davlatning iqtisodiy salohiyati qachon namoyon bo‘ladi? Qachonki, murakkab vaziyatga tushganida. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi boshlanmasdan oldin Prezidentimizning Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risidagi farmoni qabul qilindi. Ushbu farmon iqtisodchi olimlar tomonidan jahon moliyaviy iqtisodiy inqiroziga qarshi chora-tadbirlar dasturi, deb nomlandi. Buning natijasida inqirozning salbiy oqibatlari ancha yumshatildi.

Bu esa quyidagilarda namoyon bo‘ldi:

Dastlab mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarning barcha resurslardan samarali foydalanish hisobiga mahsulotlar tannarxi dunyo bozorida raqobatbardosh bo‘lishi uchun 20 foizga pasaytirildi.

Shuningdek, mamlakat bank-moliya tizimini qo‘llab-quvvatlash maqsadida eng yirik tijorat banklarining ustav kapitaliga davlat byudjetidan 500 milliard so‘mga yaqin mablag‘ kiritish orqali iqtisodiyotning real sektoriga imtiyozli foiz stavkalarida kreditlar berish imkoni yaratildi.

Shu bilan bir qatorda energiya resurslari tannarxi o‘sishini inflatsiya darajasidan yuqori bo‘lmagan holda, ya’ni 6-8 foizdan oshirmasdan saqlab turishga erishildi.

Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, ya’ni yangi tashkil qilinayotgan kichik korxonalarni imtiyozli kredit resurslari orqali qo‘llab-quvvatlashga e’tibor qaratildi.

Mamlakatimizda 2006 yilda qabul qilingan mahalliylashtirish dasturida xorijdan milliard-milliard dollar evaziga mahsulotlar kirib kelishining oldini olish, xomashyodan tayyor mahsulot ishlab chiqarishni tashkil qilish ko‘zda tutilgan edi. Mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekistonda import o‘rnini bosuvchi korxonalar tashkil etilgan bo‘lsa, hozirgi paytda ular oldiga ishlab chiqarayotgan mahsulotlarni xorijga eksport qilish vazifasi qo‘yilmoqda.

Shuningdek, mamlakatimizda soliq stavkalarini pasaytirib borish va aholining real daromadlarini oshirish, soliq stavkalarini unifikatsiyalash (birlashtirish) va soliq solish bazasini takomillashtirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

Bugungi kunda dunyoning eng rivojlangan davlatlari bank-moliya tizimida inqiroz hamon davom etmoqda. Mamlakatimizda esa buning oldini olish maqsadida, moliya bozoriga qisqa muddatli spekulyativ kapital kirishiga yo‘l qo‘yilmasdan, xorijdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb qilish borasida bir qator ishlar olib borilmoqda.

Bu esa quyidagi chora-tadbirlarda namoyon bo‘lmoqda. Ustuvor sohalarini moliyalashtirishda davlat kafolatiga olingan kreditlar faqat uzoq muddatlilik sharti bilan, ya’ni 20 yildan 40 yilgacha hamda imtiyozli stavkalarda, xususan, 0,5 foizdan 2 foizgacha bo‘lgan miqdorlarda jalb qilindi.

Banklar kredit siyosatini belgilashda ipoteka kreditlari berish tartibiga alohida e’tibor qaratildi. Chunki, 2008 yilda boshlangan iqtisodiy inqiroz aynan ipoteka kreditlari tufayli kelib chiqqan edi. Qolaversa, O‘zbekistonda shu davrda tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tashkil qilinib, juda katta mablag‘ to‘plandi. Ayniqsa, xorijiy valyutada. Bu mablag‘ strategik ahamiyatga molik bo‘lgan loyihalarni banklar bilan birgalikda moliyalashtirishga sarflandi va respublikamizdagi yetakchi banklarning kapitallashuv darajasini keskin oshirdi. Ushbu choralarni amalga oshirish natijasida biz nimalarga erishdik?

Birinchidan, mo‘tadil qattiq pul-kredit siyosati olib borilishi tufayli 2003 yildan buyon, ya’ni 12 yildan beri inflatsiya darajasi 7-8 foizdan oshmayapti.

Ichki va tashqi qarz olishda konservativ siyosat amalga oshirildi. Shuni aytish o‘rinliki, bugungi kunda Gretsiya, Ispaniya singari davlatlarning tashqi qarzi juda oshib ketgan. Mamlakatimizda esa tashqi qarz hajmi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 15 foizdan oshmaydi.

Istiqlol yillarida yalpi ichki mahsulot 5,5 barobardan ko‘proq oshdi. Xarid qilish qobiliyati bo‘yicha yalpi ichki mahsulot hajmi aholi jon boshiga 4 marta o‘sdi va hozirgi kunda bu ko‘rsatkich 6,5 ming AQSh dollaridan ziyodni tashkil qilmoqda. Keyingi yillarda 8 foizdan ziyod barqaror yuqori iqtisodiy sur’atlar saqlab qolindi. Shuningdek, 1990-2014 yillarda sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 4 martadan ziyod ko‘paydi. Oxirgi 10 yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning o‘rtacha yillik o‘sish sur’atlari yalpi ichki mahsulot o‘sish sur’atlaridan yuqori bo‘lib— O‘zbek xalqi o‘z me’morchilik an’analariga ega bo‘lgan xalq. Buyuk ajdodlarimiz tomonidan qurilgan mahobatli binolar hamon dunyo ahlini lol qilib kelmoqda. Biroq mustabid tuzum davrida o‘zbek me’morchiligining o‘ziga xos jihatlariga mutlaqo e’tibor berilmadi. O‘zbek arxitektorlari milliy me’morchilik uslubidagi binolar qurish huquqidan mahrum bo‘ldi. Eski tuzum davrida O‘zbekistonda asosan beton uylar qurilgan.

Qishloqlar qiyofasi ko‘z o‘ngimizda, ko‘rimsiz, nochor ahvolda edi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan qishloq qiyofasini butunlay o‘zgartirish g‘oyasi xalqaro ekspertlar tomonidan ham yuqori baholandi. Ular yurtimizga kelib, namunaviy loyiha asosida qurilayotgan qishloq uylarini o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, hayratini yashira olmadi.

Shu yerda savol tug‘iladi. Nima uchun qishloq odamlari uchun ana shunday ko‘rinishdagi uylar qurilishi yo‘lga qo‘yildi? Avvalo, maqsad qishloq odamlarining yashash sharoitini, turmush madaniyatini oshirish bo‘ldi. Ikkinchidan, eski zamondagi «bizga bo‘laveradi», degan kayfiyatni o‘zgartirish, zamonaviy uylar qurishga odamlarni undash.

Prezidentimizning yakka tartibda uy-joy qurish to‘g‘risidagi qarori asosida yarmarka o‘tkazilib, unda ko‘plab loyihalar namoyish etildi. Mamlakatimiz rahbarining taklifi asosida 3 xil loyiha tasdiqlandi. Bular 3, 4 va 5 xonali uylar bo‘lib, umumiy maydoni 6 sotix qilib belgilandi.

Endi eng asosiy omilni aytsak. Qishloq uylarini qurishda urf-odatlarimiz, o‘zbek arxitekturasining o‘ziga xos jihatlari hisobga olingan.

. Mazkur uy-joylar sifatli qurilish materiallaridan qurilmoqda. Bu uylar bir necha avlodlarga xizmat qiladi. Ularda, avvalo, zamonaviylik va shinamlik, shuningdek, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari to‘liq hisobga olingan.

Yangi uy-joylar qurilgan hududlarda bolalar bog‘chasi, maktab, kollej, oziq-ovqat va xo‘jalik mollari do‘konlari, dorixona, maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlari, umuman olganda, odamlar uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

, 9 foizni tashkil qildi.

 

Darsni  mustahkamlash:

 

O’quvchilarda  darsda   o’tilgan   mavzuni  mustahkamlash  uchun   savol-  javob     o’tkaziladi.

       1.Qatag’on   yillar   qaysi yillarni     o’z ichiga oladi?   

         a)1930-1932yillar               b)1932-1934 yillar  s)1934-1936yillar

      d)1936-1938 yillar

 

      2)Qatag’on  qurbonlari   kimlar   edi?

       a)M. Behbudiy                         s)A.Qodiriy

d)A.Oripov

b)M.Abdurashidxonov

3.O’zbek millatidan  yetishib    chiqqan    shoir va  olimlar  ko’proq   qayer larga   surgun qilingan?

a)Uzoq   Sibirga                         s)Osiyo   davlatlariga

B)Yevropa davlatlariga               d)Uzoq   Sharqqa

 

4.Hozirgi   kunga  kelib     respublikamizdagi    umumiy    savodxonlik   darajasi     qanchani    tashkil    etadi?

 

a)99%                              s)99,34%

b)95%                              d)96%

5.Halqaro    musiqa     tanlovlarida      qatnashgan     O’zbekistonliklarni    soni        2014-yilga     kelib qanchaga   yetdi?

 

a)100ta                                           s)122ta

b)112 ta                                          d)132ta

 

 

6.Tailand   shahrida    o’tkazilgan    matematikadan    xalqaro      fan     olimpiada sida

qaysi    o’zbek     talabalari    qatnashgan?

  1. a)

a)Jamshid   Yaxshiyev               s)Iroda  To’laganova

 

b)Abbos    Muhammedov            d) a va b javoblar   to’g’ri.

 

7.1990- 2014yillarda   sanoat   mahsulotini   ishlab  chiqarish    hajmi       nechtadan     ziyod  ko’paydi?

a)2ta                                              s)4ta

  1. b) 3ta d) 5ta

 

8.Mo’tadil  qattiq       pul-kredit      siyosati        olib    borishi      tufayli      2003   yildan   buyon ,  yani  12  yildan  beri   inflatsiya  darajasi  necha     foizdan  oshmayapti?

 

a)1-2%                         s)5-6%

d)7-8%

b)3-4%

 

Uyga   vazifa.  Mustaqillikka        doir    she’rlar, qo’shiqlar      yod  olish.

Mavzuni    o’qib    o’rganish.

Gidrosfera mavzusida dars ishlanma

Dars ishlanmani yuklab olish uchun ushbu havolani bosing

Привет, мир!

Welcome to Сайты-сателлиты 2.0 . This is your first post. Edit or delete it, then start blogging!

WordPress Themes